25 fev 10:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaev Artur Beterbievni qo'llab-quvvatladi
Asli chechenistonlik UFC jangchisi Xamzat CHimaev yarimog'ir vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni, hamyurti Artur Beterbievni faoliyatidagi ilk mag'lubiyatidan so'ng qo'llab-quvvatladi.
"Artur Beterbiev boks tarixida abadiy qoladi, u afsona!" deb yozgan CHimaev ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Artur Beterbiev 22 fevraldan 23 fevralga o'tar kechasi Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni) shahrida bo'lib o'tgan boks oqshomi doirasida asli qirg'izistonlik Dmitriy Bivolga ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lib, yarimog'ir vazndagi to'rtta chempionlik kamaridan ayrilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar