18 iyu 09:29
Yangiliklar
Boks/MMA
Xamzat CHimaev bekor bo'lgan jangiga ilk bor munosabat bildirdi
O'rta vazn toifasida asli chechenistonlik, hozirda BAA sharafini himoya qilayotgan UFC jangchisi Xamzat CHimaev Instagam sahifasiga yangi post joyladi.
U 22 iyun kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tadigan UFC Fight Night turnirining markaziy jangi doirasida avstraliyalik Robert Uittakerga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Ammo surunkali betobligi sabab ushbu jangda ishtirok eta olmaydigan bo'ldi va kamiga kasalxonaga yotqizildi.
"Biz har doim nimanidir rejalashtiramiz, lekin Allohning biz uchun o'z rejalari bor! Hammasi uchun Alhamdulillah", deya quyidagi suratga izoh yozib qoldirgan CHimaev.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar