18 jan 16:27
Yangiliklar
Boks/MMA
Xamzat CHimaev: "Biz kuchsizmiz – hech kim jang qilishni xohlamayapti"
O'rta vaznda UFC chempioni, mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan rossiyalik aralash yakkakurash ustasi keyingi jangi uchun raqib topishga qiynalayotganini aytmoqda.
Bu haqda "Borz" Avstriyaning MT GYM23 klubida bo'lib o'tgan seminarning savol-javob sessiyasida malum qildi.
"Keyingi jangim qachon? Bilmadim. Hech kim men bilan jang qilishni xohlamayapti. Bu holatda nima ham qila olardim?", - deb javob berdi CHimaev.
Hafta boshida Xamzat CHimaev yarimog'ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Aleks Pereyraga murojaat qilib, braziliyalikka shu yilning yozida Oq uydagi turnirda jang o'tkazishni taklif qilgan, ammo undan javob olmagan edi.
"Ha, hamma biladiki, men Pereyra bilan jang qilmoqchiman, lekin u jang qilishni istamayapti. Aleks bu jangni xohlamasligini aytdi. Bu borada ham ojizmiz", - deya qo'shimcha qildi UFC chempioni.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar