14 mar 12:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaev: "Ilk janglarida Xabib ham oddiy raqiblar bilan to'qnash kelgan"
O'rta vazn toifasida UFC jangchisi Xamzat CHimaev raqiblarining saviyasi haqidagi tanqidiy fikrlarga javob berdi.
Asli chechenistonlik bo'lgan shved fuqarosi UFC'da to'rtta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Ammo, Xamzatning hech bir raqibi divizionning kuchli 10 taligidan joy olmagan.
"Bazilar "Eh, u falonchiga qarshi kurashmadi, pistonchi bilan jang qilmadi" degan tanqid toshlarini yog'dirishadi. Lekin eng zo'r jangchi bu Jon Jons desak, u UFC'dagi dastlabki to'rtta jangida zarbalar o'tkazgan. Menda unday bo'lmadi.
Hech kim, hatto Konor ham ilk janglarida eng zo'rlari bilan jang qilmagan. Hech kim, hatto Xabib ham kuchlilar bilan jang qilmagan. Menga faqat vaqt kerak", - dedi CHimaev.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar