24 mar 16:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaev Konor Makgregorga yordam berishga tayyor
Xamzat CHimaev Konor Makgregorga yordam berishga tayyorligini malum qildi.
«Agar u qaytishni istasa va unga yordam kerak bo'lsa, biz shu erdamiz», — dedi CHimaev o'zining Youtube kanalida elon qilingan videoda.
«Agar u Usman bilan jang qilmoqchi bo'lsa, menimcha, UFC bu jangni tashkil qiladi. CHunki Konor juda mashhur. Ikkalasi ham yaxshi pul ishlashlari mumkin. Demak, agar ikkalasi ham buni qilishni xohlasa, UFC buni tashkil qiladi. Gilbert Bernsni mag'lub etganidan so'ng, chempionlik uchun navbatdagi davogar men bo'laman deb o'ylayman, ammo bu biznes. Ular mashhurroq va ko'proq pul topadiganlarni tanlaydilar. Men buni tushunaman, lekin qanday bo'lishini ko'ramiz. Agar Konor biz bilan mashg'ulot o'tmoqchi bo'lsa, marhamat», - degan Xamzat.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar