19 iyu 17:02
Yangiliklar
Xamzat CHimaev UFC`ga iltimos bilan murojaat qildi
"Borz"ning so'zlariga qaraganda, u navbatdagi jangini 2 sentyabr kuniga belgilangan Parijdagi UFC Fight Night 227 turnirida o'tkaza oladi. Keyin esa 21 oktyabr kungi Abu-Dabidagi UFC 294 turnirida ham oktagonga chiqaveradi.
"Men Parijda jang qilishga tayyorman, keyin esa Abu-Dabida! Menga mag'lub etishim uchun kimnidir beringlar, UFC", - deya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan CHimaev.
Bir hafta avval UFC prezidenti Dana Uayt CHimaevning keyingi raqibi yarim o'rta vaznda sobiq UFC chempioni Kamaru Usman bo'lishini inkor etgandi. Kecha esa amerikalik Jared Kannonir Xamzatga qarshi oktagonga chiqishga roziligini aytgan edi. Faqat Jared bu jang davogarlik xarakterida bo'lishi kerakligini shart sifatida qo'ygandi.
Fikrlar