07 mar 12:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaev va Gilbert Berns o'rtasidagi jang g'olibi chempionga qarshi oktagonga ko'tarilishi mumkin
UFC prezidenti Dana Uayt Xamzat CHimaev va Gilbert Berns o'rtasidagi jang tashkil etilganini tasdiqladi.
SHuningdek, ushbu qarama-qarshilik g'olibi yarim o'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioniga raqiblik qilishi mumkinligini malum qildi.
«Ha, jang tasdiqlandi va uning sanasi aniq. Bu aql bovar qilmaydigan jang bo'ladi. Men buni intiqlik bilan kutaman»,- dedi tashkilot rahbari matbuot anjumanida.
«Bu mantiqqa to'g'ri keladi»,- deya qo'shimcha qildi berilgan savollarga Dana Uayt.
Eslatib o'tamiz, yarim o'rta vazn toifasida Xamzat CHimaev va Gilbert Berns o'rtasidagi jang 9 aprel kuni Jeksonvilda bo'ladigan UFC 273 turnirida bo'lib o'tadi. Amaldagi chempion Kamaru Usman shu yozda Leon Edvardsga qarshi chempionlik kamari himoyasini rejalashtirgan.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar