27 dek 12:39
Yangiliklar

Xamzat CHimaevni 2025 yilda kutayotgan eng muhim jang!
BAA sharafini himoya qilayotgan chechenistonlik aralash yakkakurash ustasi chempion Drikus Dyu Plessi hamda davogar SHon Striklend jangi g'olibiga qarshi oktagonga chiqmoqchi. Bu haqda divizionning sobiq chempioni, ayni paytda UFC janglarida sharhlovchilik qilayotgan Maykl Bisping xabar berdi.
"U 2025 yilda uchta jang o'tkazishi kerak. SHon Striklend va Drikus Dyu Plessidan biri – bu Xamzat jang qilishi kerak bo'lgan hamda barcha kutayotgan jang. U bu yil Robert Uittakerni ajoyib tarzda mag'lub etdi. Raqibini bo'g'ish jarayonida tishini sindirib yubordi. CHimaev 2025 yilda muxlislar kutayotgan janglarni taqdim etishi lozim", - dedi Bisping.
Eslatib o'tamiz, shu yilning oktyabr oyida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Xamzat CHimaev UFC oktagonidagi sakkizinchi g'alabasini qo'lga kiritgandi. U birinchi raunddayoq Robert Uittakerni mag'lubiyatga uchratgan edi. Drikus Dyu Plessi - SHon Striklend jangi 8 fevral kuni Avstraliyaning Sidney shahrida tashkil etiladigan UFC 312 turnirining markaziy to'qnashuvi bo'ladi.
Fikrlar