02 mar 14:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Xaritonov Bellator kamari uchun jang qilmoqchi
Rossiyalik MMA jangchisi Sergey Xaritonov og'ir vazn toifasida Bellator chempionlik kamarini qo'lga kiritish istagida ekanligini malum qildi.
Xaritonov hisobida 30 ta g'alaba va 7 mag'lubiyat bor. Yana ikkita jang o'tkazilmagan deb topilgan. Rossiyalik sportchi Bellator promoushenida 6 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 3 tasida g'alaba qozongan. Ikkita jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.
Malumot uchun, ayni paytda og'ir va yarim og'ir vazn toifalarida amerikalik Rayan Beyder Bellator chempioni bo'lib turibdi. Beyder rossiyalik MMA afsonasi Fyodor Emelyanenkoni mag'lub etib, og'ir vazn chempioniga aylangan edi. Xaritonovning Bellator bilan yana 5 ta jang uchun shartnomasi bor.
Havola :
Fikrlar