16 fev 15:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Xasan Baysangurov nokautga uchradi
Bugun AQSHda navbatdagi professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshomning qiziqarli janglaridan biri o'rta vazn toifasida WBA Regular chempioni Rob Brant ishtirokida bo'lib o'tdi. Brant davogar Xasan Baysangurovga qarshi ringga ko'tarildi.
Jangning o'n birinchi raundi o'tib borayotgan bir pallada amaldagi jahon chempioni raqibini texnik nokaut evaziga mag'lub etdi. Nokdaundan keyin o'rnidan tura olgan Baysangurov yana bitta kuchli zarbani o'tkazib yubordi. Referi esa bu vaziyatda jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar