10 noy 15:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Xaver Mendes Velaskesning ozod etilishi haqida: "Bu ishni tugatish vaqti keldi"
Mashhur murabbiy Xaver Mendes Keyn Velaskesning bir million dollar garov evaziga ozod etilishi haqida fikr bildirdi.
"Nihoyat sud Velaskesni ozod qildi. Sababi u Keyn kabi haqiqiy erkak hech qachon oilasidan qochib ketmasligini tushundi.
Endi faqat oldinga borish va Keynni uyiga olib kelish uchun bu ishni tugatish vaqti keldi”, - deb yozadi Mendes.
Eslatib o'tamiz, Velaskes 1 mart kuni qotillikka urinishda ayblanib hibsga olingan edi. Sobiq UFC chempioni bolalarga zo'ravonlik qilganlikda ayblanayotgan odamni taqib qilgan edi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar