24 fev 10:12
Yangiliklar
Xavi mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
"Birinchi gol hafsalamizni pir qildi. Yakkakurashlar ikkinchi taymda bizga qimmatga tushdi. Ular harakatchanlikni oshirishdi. Birinchi bo'limda biz o'yinni nazorat qildik. Uchrashuv teng kechdi. Raqib ajoyib formada edi. Afsuslanarli.
Ular jismoniy tomonlama juda kuchli. Ularning birinchi goli bizga tasir qildi. Barchasini mayda detallar hal qildi. Afsus... CHunki jamoa o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatgandi, bundan ham ko'prog'iga loyiq edik.
Endi asosiy etiborni La Ligaga qaratish fursati etdi. Yakshanba kuni o'yinimiz bor, keyin esa kubok yarim finali. Biz hozir shunga diqqat-etiborni qaratishimiz lozim.
Kazemiro, Varan bilan gaplashdim... "Yunayted"ni hurmat qilaman va ularni tabriklayman", - dedi Xavi.
Fikrlar