02 iyu 18:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Xayme Mungiya Derevyanchenkodan keyin CHarlo bilan jang qilmoqchi
Xayme Mungiya keyingi rejalari bilan o'rtoqlashdi.
Meksikalik bokschi, o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Xayme Mungiya (41-0, 33 KO) o'rta va ikkinchi o'rta divizionning eng kuchli vakillari bilan ringga ko'tarilishga tayyorligini yana bir bor malum qildi.
"Albatta, hozir men uchun eng muhimi Derevyanchenko bilan jang. Agar unda hammasi yaxshi ketsa, men CHarlo, Benavides, Golovkin kabi yirik nomlar bilan uchrashishni maqsad qilganman. Bulardan biri yilni yakunlash uchun juda katta jang bo'lardi", - dedi Mungiya.
Eslatib o'tamiz, 10 iyun kuni Ontarioda (Kaliforniya, AQSH) Mungiya o'rta toifadagi chempionlik uchun sobiq davogar ukrainalik Sergey Derevyanchenko (14-4, 10 KO) bilan jang qiladi.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar