05 iyu 12:25
Yangiliklar
![](/upload/storage/954_220.jpg)
Xey: "Fyurining jarohati jiddiy emas"
"Fyuri doim meni tanqid qilishini bilaman. Endi uning o'zi jarohat olgan paytda barcha narsa faqat unga bog'liq emasligini tushunishi mumkin. Men elkamni operaciya qildirgandim va 2 yil ringga qayta olmagandim. Taysonning jarohati esa oyog'ida. U jarohat esa jiddiyga o'xshamayapti.
U Evro-2016da qanday raqsga tushganini ko'rdim. Demak, jarohat jiddiy emas. Ishonchim komil, u tezda o'ziga kelib oladi. Achinarlisi, uning jangini ko'rmoqchi edim. Lekin, bu vaziyatda Fyurini tanqid qilish yaramaydi", - deydi Xey.
Eslatib o'tamiz, o'z vaqtida superog'ir vaznda chempion bo'lgan Devid Xey vatandoshi Yuyuri bilan juda yaxshi tanish. Ushbu bokschilar ikki marotaba jang qilishni rejalashtirganlar. Lekin, ikkalasida ham Xey jarohati sababli bu jangda ishtirok etishni istamagandi. O'shandan beri Fyuri muntazam ravishda uni mazah qilib kelardi.
Fikrlar