22 fev 09:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Xirn: Endi Ruis Uaylderni depressiya holatigacha olib keladi
Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn WBC yo'nalishi sobiq chempioni Deontey Uaylder va Endi Ruis o'rtasidagi jang haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Deontey Uaylder Joshuani mag'lub qila olmaydi, kerak bo'lsa Endi Ruisni ham. U bu janglardan ehtiyot bo'lishi lozim. Endi Ruis hozir Eddi Reynoso bilan hamkorlik qilmoqda va u endi ushbu vaznda haqiqiy bosh og'riqqa aylanadi.
O'ylashimcha, Endi Ruis Deontey Uaylderni depressiya holatigacha olib keladi. Lekin, Ruisni hozirda Kris Arreolaga qarshi jang kutib turibdi. U bu jangda yorqin g'alaba qozonadi.
Kelinglar yaxshisi Uaylderni ringda kutamiz, taxmin qilish ortiqcha. Uning so'nggi marta jang qilganiga ham bir yil bo'ldi. U qaytishi kerak", - dedi Eddi Xirn.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar