So’nggi yangiliklar

15:18Ўзбекистон Кубоги. Ярим финалларнинг бошланиш вақтлари маълум 0 14:47UFC Fight Night 293 турнирининг бонуc cоҳиблари маълум 0 14:16Порье Махачевнинг жангдан бош тортгани ҳақида: "Менимча, у ҳеч кимдан қўрқмайди" 0 13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0 09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0

27 sen 16:18
Yangiliklar

Boks/MMA

Xirn Joshua - Usik revanshi qachon va qaerda o'tkazilishi mumkinligi haqida gapirdi

Eddi Xirn Entoni Joshua Aleksandr Usik bilan darhol revansh jangi o'tkazishini kutmoqda.

Kecha og'ir vazn toifasida sobiq chempion Entoni Joshua Usik bilan yana uchrashishini aytib o'tdi. Joshauning shartnomasida zudlik bilan revansh jangi o'tkazilishi haqida band bor.

Xirn jangdan keyingi matbuot anjumanida takidlaganidek, Joshuaning o'ng ko'zi jarohatlanmagan deb faraz qilsak, britaniyalik superyulduzning promouteri ularning ikkinchi to'qnashuvi fevral yoki mart oyida Buyuk Britaniyada o'tkazilishi maqul deb hisoblaydi.

«Bilmayman, fevral-mart»,-  dedi Xirn. «Aytmoqchimanki, men bu jangni yana Buyuk Britaniyada qilmoqchiman. Ammo yana, biz Aleks Krasyuk bilan o'tirib, bu haqda gaplashamiz. Bilasizmi, revansh uchrashuvini o'tkazishga qiziqqan bir necha kishi bor edi. Men buni Buyuk Britaniyada qilishni xohlardim. Bu AJ uchun foydali bo'lardi. Men bu kechadagi atmosferani aql bovar qilmas deb o'yladim. Ammo, bilasizmi, biz Aleks Krasyuk va Egis Klimas bilan o'tirib, ular uchun ham nima maqulroq ekanligini bilib olamiz».

Xirn Usikning jamoasi revansh jangining Ukrainada o'tkazilishini talab qilmasligiga shubha bilan qaraydi.

«Bu juda mushkul deb o'ylayman», -dedi Eddi Ukraina revansh jangini tashkil eta oladimi degan savolga. «Ukraina unchalik yaxshi variant emas. Biz daromadni maksimal darajada oshirish uchun birgalikda harakat qilamiz. To'g'risini aytganda, Ukrainada bo'lishi ham ehtimoldan yiroq emas. Lekin nazarimda ushbu uchrashuv Buyuk Britaniyada bo'ladi», - dedi Eddi Xirn.

Reyting:    

Fikrlar

   
27 sen 18:00:58
WORKOUT
Abu Dabida bo'lsin Joshuaga qulay bo'lishini o'ylaydi bu Hirn endi chempionni o'zi gapiradi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing