20 okt 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Xirn Joshua Usikni qanday mag'lub qilishi mumkinligini aytdi
Menejer Joshuaning qaytishiga shubha qilmayapti.
"Matchroom Boxing" kompaniyasi rahbari, taniqli promouter Eddi Xirn o'z bokschisi Entoni Joshua va WBA, WBO, IBF chempioni Aleksandr Usik o'rtasidagi revansh haqida gapirdi.
"Men agressiya ko'rishni xohlayman. Joshua shavqatsiz rejimni yoqishi kerak. Jangdan so'ng Usikni yuzini ko'rdinglarmi? Joshua unga deyarli zarba bermagandi ham.
Usik - ajoyib bokschi, ammo Joshua barchasiga chora topadi va g'alaba qozonadi", - dedi Eddi Xirn.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar