12 mar 20:24
Yangiliklar

Xirn Joshua va Fyuri o'rtasidagi jang shartnomasi bo'yicha: Biz ular hamma hujjatlarga imzo chekishlarini kutmoqdamiz
Eddining aytishicha, Joshua va WBC kamari sohibi Tayson Fyuri o'rtasidagi jangga tayyorgarlikning ushbu bosqichida ularning tarafi "lo'lilar qiroli"ning barcha vakillaridan shartnoma imzolashini kutmoqda.
"Biz ularning shartnomaga imzo qo'yishini kutmoqdamiz. Ko'ryapsizmi, ular tomonidan juda ko'p odamlar imzo chekishlari kerak. Bizda biroz boshqacha. Bu jarayon biz kutganimizdan ko'proq vaqt talab qiladi"
SHunga qaramay, Xirnning so'zlariga ko'ra, hamma narsa kelishib olinishi kerak.
"Kecha Fyuri jamoasi vakili bilan gaplashdim, u shartnomani 24-48 soat ichida qaytarib olishimiz mumkinligini aytdi. Ko'ramiz”, - dedi Eddi Xirn.
Eslatib o'tamiz, avvalroq promouter Joshua va Fyuri o'rtasidagi to'qnashuv muqarrarligini aytgandi.
Fikrlar