20 iyu 16:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Xirn Joshua va Ruis o'rtasidagi revanshning taxminiy sanasini malum qildi
Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn Endi Ruis bilan revanshga tayyorgarlik haqida gapirib o'tdi.
"Yaqin hafta ichida jang bo'yicha kelishuvning so'nggi bandlari, jang manzili va sanasi borasida aniqlik kiritiladi. Hozircha xech narsa deya olmayman, chunki o'zim ham malumotga ega emasman. Jang 16 noyabr - 14 dekabr oralig'ida o'tkaziladi. Turli mamlakatlar bo'yicha takliflar bor, biroq menimcha AQSH yoki Britaniyadan birini tanlash lozim. Britaniyada "Uembli", Kardiff va "Tottenxem" variantlari bor. AQSHda ham tanlovlar bor, ammo biz "Medison Skver Garden"ni tanlagan bo'lardik.
Entonining fikricha, "Medison"da tarixni qayta yozish va g'alaba qozonish ajoyib bo'lardi. Gap pulda emas, jang qaerda o'tkazilishida", - dedi Xirn.
Havola :
Manba : Mirror
Fikrlar