09 okt 14:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Xirn: “Joshuaning raqibini kelayotgan hafta malum qilamiz”
Britaniyalik promouter Eddi Xirn o'z intervyusida superog'ir vazn toifasida IBF yo'nalishi chempioni britaniyalik Entoni Joshuaning navbatdagi raqibi kelayotgan hafta malum qilinishini aytdi.
“Kelayotgan hafta Joshuaning raqibi nomini oshkor qilamiz, - dedi Xirn. - Ayni paytda biz bo'lajak raqib jamoasi bilan muzokaralarni yakunlash arafasidamiz. Bunday katta jangni tashkil qilish oson emas.
Agar Klichkoning jamoasi bilan fikrlarimiz bir joydan chiqsa, u holda bu chempionlik jangi dekabr oyida tashkil etiladi. Bu esa superog'ir vazn toifasidagi eng markaziy jang bo'lardi”.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar