25 fev 15:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Xirn Usik va Joshua o'rtasidagi revansh qachon bo'lishi mumkinligini malum qildi
Promouter Eddi Xirn WVA, WVO, IBF va IBO yo'nalishlari bo'yicha super og'ir vazn toifasida jahon chempioni, ukrainalik Aleksandr Usik va o'sha vaznda sobiq jahon chempioni britaniyalik Entoni Joshua o'rtasidagi revansh jangi tashkil etilishi haqida gapirdi.
"Men biroz oldin yaqin sharqdan qaytdim. Biz bu jangni tashkil etishga tayyor bo'lgan, turli mamlakat vakillari bilan ko'p uchrashuvlar o'tkazdik.
Egis Klimas va Aleksandr Usik shu hafta Buyuk Britaniyada bo'lishadi. SHuning uchun biz ular bilan barcha tafsilotlarni ko'rib chiqamiz. Biz endi jang sanasi haqida o'ylashni boshlaymiz. Revansh may oyining oxiriga yoki iyun oyida bo'lib o'tishi kerak. Joshuani bu jangda ishtirok etishiga hech narsa to'sqinlik qila olmaydi", - deya Xirn so'zlarini keltirgan DAZN.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar