25 iyu 17:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Xirn WBCdan norozi. Nega?
Dillian Uayt promouteri Eddi Xirnning WBC tashkilotidan norozi ekanligini malum qildi.
Bunga sabab mijozi 600 kundan beri WBC kamari uchun asosiy davogar bo'lishga qaramay, hali hamon jang borasida hech qanday ishlar olib borilmayapti.
"Biz taslim bo'lmaymiz va ishonamizki, bir kun kelib bu jang bo'ladi. Dillian 600 kundan beri davogar. Bu davr ichida u CHisora, Xellenius, Braun, Parker kabi bokschilar bilan jang qildi. U Deontey bilan jangga loyiq. Balki etar, yana qancha kutish kerak? Uayt - Rivas jangidan so'ng buni kelishib olishimiz kerak", - dedi Xirn.
Eslatib o'tamiz, Uayt - Rivas jangi 20 iyulda bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar