02 noy 07:53
Yangiliklar
Xoakin Bakli qisqa muddat ichida SHavkat Rahmonov bilan jang qilishga tayyor
30 yoshli sportchi 8 dekabr kuni Las-Vegasda tashkil etiladigan UFC 310 turnirining markaziy jangini qutqarib qolishga tayyor ekanini bildirdi.
"Quloq solinglar, SHavkat va Gerrining rekordi qanday ekani muhim emas. Ularning jangi muxlislar uchun aniq zerikarli bo'ladi, odamlarning xafsalasi pir bo'ladi, men bunga aminman. SHavkatga raqib sifatida chinakam tabiiy hujumchi kerak, u qafasda haqiqiy tomosha ko'rsatadi, men buni uddalay olaman. Uning nokaut orqali qo'lga kiritgan 18 ta g'alabasi bor, menda esa 14 ta. Men yaqinda Stiven Tompsonni nokautga uchratdim.
UFC rahbariyati bizning jangimizni o'tkazishi kerak, ular bundan afsuslanmaydi. Men tojni olish uchun keldim. Men bu haqda jiddiy gapiryapman", dedi Bakli.
Malumot o'rnida, Xoakin may oyida o'zbekistonlik Nursulton Ro'ziboev bilan jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.
Fikrlar