09 dek 23:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Xo'janazar Nortojiev kunni g'alaba bilan yakunlab berdi
Dubay shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi IBA Jahon chempionatining oltinchi kun bellashuvlari o'zbekistonlik bokschilar uchun yakunlandi.
Musobaqada -57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Xo'janazar Nortojiev ikkinchi jangini Hindiston vakili Sachinga qarshi o'tkazdi.
Jang to'liq davom etdi va unda Xo'janazar 5:0 hisobida g'alaba qozondi.
Xo'janazar musobaqadagi ilk jangida SHri-Lanka vakilidan ustun kelgandi.
Endi u navbatdagi jangini Armaniston bokschisi Jirayir Sarkisyanga qarshi o'tkazadi.
Bugun kun davomida O'zbekiston terma jamoasining to'rt nafar vakili - Asilbek Jalilov, Akmaljon Isroilov, Hasanboy Do'smatov va Xo'janazar Nortojiev jang qilib, g'alabaga erishdi va navbatdagi bosqichga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar