So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

14 apr 21:38
Yangiliklar

Bolalar sporti

Xo'jaobodda yosh chempionlar tarbiyalanmoqda

Jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan ommaviylikni taminlashda, yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli va foydali o'tishida, qolaversa, istedodlar kamol topishida bolalar va o'smirlar sport maktablarining o'rni tahsinga loyiq.

Andijon viloyat Xo'jaobod tumanidagi bolalar – o'smirlar sport maktabida ham 1320 nafar o'g'il-qizlar  sportning futbol, engil etletika, voleybol, basketbol, qo'l to'pi, boks, kikboksing, yunon – rum kurashi, badiiy gimnastika, shaxmat, og'ir atletika, qo'l jangi, stol tennisi, belbog'li kurash, erkin kurash, tosh ko'tarish, suzish, mini-futbol kabi yigirmata  sport turlari bo'yicha 52 nafar murabbiy qo'l ostida mashg'ulotlarga zo'r berishgan.

Yuqorida takidlaganimizdek, avvalo  ushub sport maktabidagi bolalarning bo'sh vaqti mazmunli o'tmoqda, qolaversa, ular orasidan chempionlikka davogar iqtidorli sportchi-o'quvchilar saralanmoqda. Sport maktabida yaratilgan qulay shart-sharoitlardan unumli foydalangan tarbiyalanuvchilar tomonidan birgina o'tgan yilning o'zida  qo'lga kiritilgan yuqori natijalardan ko'rinadiki,  irodali, istedodli  o'quvchilar ko'pchilikni tashkil etadi. Misol uchun, qo'l jangidan O'zbekiston chempionati va kubok bellashuvlarida o'n bitta medal, Rossiyaning Ufa shahrida o'tgan xalqaro musobaqada kumush medal (Farrux To'xtasinov) ,  tosh ko'tarishdan  respublika chempionatlarida  bitta oltin, ikkitadan kumush va bronza,  Buxoro shahrida o'tgan jahon chempionatida beshta oltin ,  universal jangdan mamlakat chempiontlarida to'rtta medal,   belbog'li kurash bo'yicha esa, O'zbekiston birinchilik bahslarida to'rtta oltin, uchtadan kumush va bronza, Rossiyaning Qozon shahri mezbonlik qilgan jahon chemiontida bitta oltin (Saitjahon Saitkamolov)... Xullas, bunday natijalarni yanayam davom ettirish mumkin. Lekin asosiysi bolalarning jismoniy tarbiya va sportga befarq emasligida, sportga oshno bo'lib, o'zida bo'lan qobiliyatlarini mashg'ulotlar orqali yuzaga chiqarayotganida va shu bois, hali balog'at ostonisiga qadam qo'ymasdan YURTNI ulug'lashga intilayotganida. 

BO'SM direktori, mini –futbol bo'yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, “SHuhrat” medali sohibi SHavkatbek Muhiddinovning dakidlashicha, joriy yilda  ham tumandagi o'quvchilarni sport turlariga yanada ko'proq jalb etib, musobaqalarda natijalar salmog'ini oshirishdan iborat . SHuningdek, BO'SMda o'g'il-qizlarga mohirlik bilan sport sirlarini o'rgatishda Gulmira Rahmonova (tosh ko'tarish), SHohnigor Muhiddinova (basketbol), Jasur Ahmedov (qo'l jangi), SHomansur SHokirov (futbol), Komiljon Niyozov (futbol), Alisher Mirzaev (belbog'li kurash), Zarnigor Rahimova (badiiy gimnastika) singari bir qancha murabbiylarning mehnatlari  etirofga sazovor.

BO'SM direktori SHavkat aka Muhiddinovning tashabbusi bilan tumanda ayollar futboli yaxshi yo'lga qo'yilgan. BO'SMda ham  futbol bo'yicha qizlardan  iborat guruhlarning borligi va terma jamolar uchun munosib izdoshlar tarbiyalanayotganini  qisqacha bo'lsa ham, aytmasa bo'lmas. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing