01 apr 16:40
Yangiliklar
Futbol

Xoland uchun mavsum yakunlandi
Erling Xoland joriy mavsum boshqa maydonga tushmaydi.
Angliya Kubogining chorak final bahsida "Siti" "Bornmut" mehmoni bo'ldi va g'alabaga erishdi. Uchrashuving ikkinchi bo'limida Erling Xoland jarohat oldi va bahsning 61-daqiqasida zaxiraga olindi. Futbolchi uchrashuv yakunidan so'ng stadionni qo'ltiq tayoqda tark etgan.
Malumotlarga ko'ra, Xoland uchun mavsum yakunlangan. U iyun oyida boshlanadigan klublar o'rtasidagi jahon chempionatigacha safga qaytishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : The Telegraph
Fikrlar