03 dek 12:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Xollouey Aldoni nokautga uchratib, kamarini himoya qildi
AQSHning Detroyt shahrida o'tkazilgan aralash qoidalar bo'yicha UFC 218 shousi yakunlandi.
Oqshomning markaziy jangida yarim og'ir vazn toifasida UFC chempioni Maks Xollouey sobiq jahon chempioni Joze Aldoga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jangning uchinchi raundida Xollouey parter holatida Aldoga og'ir zarbalar seriyasini yo'lladi va bu holatda referi jangni to'xtatishdan o'zga chora topa olmadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar