15 apr 09:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Xollouey UFCdagi mag'lubiyatdan so'ng: "Jang natijasi adolatli bo'ldi"
UFC 236 turnirining markaziy jangida Dastinu Porega mag'lub bo'lgan Maks Xollouey jang haqida fikrlarini bildirdi.
«Jang natijasi adolatli bo'ldi, men undan kamarni tortib olishga haqqim yo'q. Pore jahon chempionini mag'lub etdi, endi u chempion. Vaqtinchalik chempion? Yo'q, Dastin- haqiqiy chempion»,- deb fikr bildirdi Maks Xollouey.
Eslatib o'tamiz, kecha o'tkazilgan jangda Pore Xolloueyni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi. Endi Dastin sentyabr oyida Xabib Nurmagomedov bilan jang qiladi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar