14 apr 10:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Xolloueyni mag'lub etgan Dastin Pore UFC chempioniga aylandi, endi u Xabib bilan jang qiladi
Bir necha daqiqa avval AQSHda aralash qoidalar bo'yicha UFC 236 shousi yakuniga etdi.
Oqshomning markaziy jangida Dastin Pore yarim engil vazn toifasida UFC chempioni Maks Xolloueyga qarshi oktagonga chiqdi. Dastlabki ikki raund Porening ustunligida o'tdi. Uchinchi raund Xolloueyga ataldi.
To'rtinchi va beshinchi raund teng kurashlar ostida kechdi. Yakunda jang g'olibi hakamlar qaroriga ko'ra aniqlandi. Uchchala hakam ham bir ovozdan - 49-46 hisobida Porening g'alabasini taminlashdi. Dastin bu g'alabasi evaziga engil vaznda vaqtinchalik UFC chempioniga aylandi.
Endi u rossiyalik Xabib Nurmagomedovga qarshi oktagonga chiqadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar