14 apr 08:15
Yangiliklar
Boks/MMA
Xolmurod Nurmatov ACA 156 turnirida jang qiladi
Xolmurod Nurmatov keyingi jangini qachon o'tkazishi malum bo'ldi.
O'ta engil vaznda o'zbekistonlik aralash jang sanatlari vakili Xolmurod Nurmatov (12-5-1) Rossiyaning ACA (Absolute Championship Akhmat) ligasida debyut qiladi.
Vakilimiz 28 aprel kuni Moskvada tashkil etilayotgan ACA 156 turnirida oktagonga chiqadi. Bu haqda uning murabbiyi Jasur Alijonov malum qilgan. Hozircha Nurmatovga kim raqiblik qilishi aytilmagan.
Eslatib o'tamiz, Xolmurod Nurmatov 20 mart kuni Olma-Otada Naiza 50 turniri doirasida qozog'istonlik Albert Axmaevga qarshi jang qilishi lozim edi, biroq raqib jarohat olishi natijasida mazkur jang bekor qilingan edi.
Havola :
Manba : instagram.com/jasco_coach
Fikrlar