So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

08 jan 09:23
Yangiliklar

Boks/MMA

Xolmurod Nurmatov ishtirokidagi ASA 198 turnirining to'liq kardi tasdiqlandi

Ertaga CHechenistonning Grozniy shahrida aralash yakkakurashlar bo'yicha ACA 198 turniri bo'lib o'tadi.

Biz uchun ahamiyatlisi, oqshom doirasida o'ta engil vazn toifasida taniqli MMA jangchimiz Xolmurod Nurmatov uch raundlik bahsda rossiyalik Ramzan Suleymanovga qarshi oktagonga chiqadi. Hamyurtimiz MMAda 12 g'alaba va 9 mag'lubiyat, Ramzan 8 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan. 

Malumot uchun, Xolmurod Nurmatov ayni paytda Absolute Championship Akhmat MMA Ligasi reytingida 13-o'rinni egallab turibdi. O'ta engil vazn toifasida faoliyat olib boruvchi vakilimiz bundan avvalgi jangini Dubaydagi ACA 194 turnirida rossiyalik Umalat Israilovga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib qo'ygandi.  

Turnirning asosiy jangi yarim engil vaznda revansh maqomida bo'lib, unda amaldagi ACA chempioni Islam Omarov divizion reytingida birinchi o'rinni egallab turgan Alixan Suleymanov bilan hisob-kitob qiladi.

Co-main event jangi engil vaznda vaqtinchalik ACA chempionlik kamari uchun kechadi. Reytingda ikkinchi o'rindan joy olgan rossiyalik Daud SHayxaev braziliyalik Xerdeson Batistaga qarshi bahs olib boradi. Bu ularning o'zaro uchinchi jangi bo'ladi. Trilogiya kuchlini aniqlab beradi, bundan avvalgi ikki jangda sportchilar bittadan g'alabaga erishishgandi. 

Umuman olganda, ASA 198 turniri kardidan jami 17 ta jang o'rin olgan. 


Asosiy kard janglari

Yarim engil vazn, chempionlik jangi, 5 raund. Islam Omarov (Rossiya, 16-0-0) — Alixan Suleymanov (Rossiya, 17-3-0).

Engil vazn, vaqtinchalik kamar uchun, 5 raund. Daud SHayxaev (Rossiya, 18-5-0) —Xerdeson Batista (Braziliya, 22-7-0).

Yarim og'ir vazn. Sulim Batalov (Rossiya, 9-1-0)  — Asiljan Bakitjanul (Qozog'iston, 17-6-1).

O'ta engil vazn. Mansur Xatuev (Rossiya, 16-5-0) — Kayrat Axmetov (Qozog'iston, 27-2-0).

O'ta engil vazn. Rasul Albasxanov (Rossiya, 16-7-0) — Tomash Dek (Slovakiya, 23-14-0).


Prelim kard

O'ta engil vazn. Xasan Dadalov (Rossiya, 16-2-0) — Axmed Musakaev (Rossiya, 12-4-0).

Yarim o'rta vazn. Xalid Satuev (Rossiya, 12-1-0) — Nikolay Aleksaxin (Rossiya, 25-10-0).

Yarim engil vazn. Yusup-Xadji Zubariev (Rossiya, 14-4-0) — Karlos "Spartas" Augustu (Braziliya, 22-8-0).

Yarim og'ir vazn. Arbi Aguev (Rossiya, 32-13-0) — Manas Imarov (Qirg'iz Respublikasi, 13-6-0).

Engil vazn. Imam Vitaxanov (Rossiya, 10-3-0) — Furkat Komilov (Rossiya, 7-2-0).

O'ta engil vazn. Murad Kalamov (Rossiya, 18-6-0) — CHermen Gobaev (Rossiya, 8-0-0).

Engil vazn. Lom-Ali Nalgiev (Rossiya, 23-14-0) — Ali Mashrapov (Qirg'iz Respublikasi, 17-14-0).

O'ta engil vazn. SHarapudin Magomedov (Rossiya, 7-1-0) — Islam Yunusov (Rossiya, 11-4-0).

Yarim engil vazn. SHamil Boraev (Rossiya, 5-1-0) — Kamal Mamedov (Ozarbayjon, 4-2-0).

Engil vazn. Axmed Magomedov (Rossiya, 10-3-0) — Valeriy Dashkevich (Belarus, 11-5-0).

Eng engil vazn. Ramzan Suleymanov (Rossiya, 8-1-0) — Xolmurod Nurmatov (O'zbekiston, 12-9-0).

Yarim engil vazn. Said-Magomed Batukaev (Rossiya, 17-3-0) — Kalandar Tabarov (Tojikiston, 3-0-0).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing