18 noy 09:36
Yangiliklar
![](/upload/storage/22852_220.jpg)
Xonoboddagi boks oqshomi oldidan ishtirokchilar taroziga chiqishdi + FOTO
Kecha charm qo'lqop ustalari ananaga ko'ra tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Barcha bokschilar belgilangan vazn meyorini bajarishdi. Oqshomning markaziy jangi mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Qudratillo Abduqahhorov ishtirokida bo'lib o'tadi.
WBC Silver chempionlik kamari sohibi bo'lgan Abduqahhorov yana bir o'zbekistonlik bokschi SHerzod Alimjonovga qarshi ringga ko'tariladi. Hamyurtimiz ayni paytda eng nufuzli hisoblangan WBC yo'nalishi reytingida 5-o'rinni egallab turibdi.
Bugungi yana bir qiziqarli jang mag'lubiyatsiz odimlayotgan hamyurtimiz Azizbek Abdug'ofurov ishtirokida kechadi. U 8 raundlik jangda ukrainalik Evgeniy Maxtienkoga qarshi ringga chiqadi. Qudratilloning jangi esa 10 raundga mo'ljallangan.
Fikrlar