So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

14 may 07:51
Yangiliklar

Bolalar sporti

Xonqa tumanidagi sport majmuasi zamonaviy ko'rinishga keltirilmoqda

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim va ahamiyatli tashabbus izchillik bilan hayotga tadbiq qilinmoqda.

Buning samarasi, mamlakatimizda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga kengroq jalb etish, sport inshootlari quvvatini oshirish, undan unumli va maqsadli foydalanish yo'lida islohotlar amalga oshirilayotir.

Joriy yilning mart oyida O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev Xorazm viloyatiga tashrifi chog'ida bu borada vohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishgan edi. O'rganishlar yakuniga ko'ra, mutasaddilarga kelgusida bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar yuzasidan foydali maslahat va tavsiyalarini, mavjud sport inshootlarining infratuzilmasini yaxshilash, ayrimlarini mukammal tamirlash bo'yicha tegishli topshiriqlar bergandi.

Ayni damda, viloyatda vazir ko'rsatmasiga asosan ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. CHunonchi, Xonqa tumanidagi BO'SMning II-TIP loyiha asosida qad rostlagan sport majmuasini mukammal tamirlash ishlari qizg'in pallaga kirgan. O'z navbatida “Xiva Jayhun qurilish” masuliyati cheklangan jamiyatining qo'li gul ishchilari faollik ko'rsatib, sport majmuasini havas qilsa arzigulik darajaga etkazishayotir.

Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Artik Palvonov tamirlash ishlari bilan tanishish maqsadida u erga tashrif buyurdi, majmuaning tamirlanayotgan xonalarini, stadion va sport zalini ko'zdan kechirdi. O'z navbatida masullar bilan uchrashib, o'zining taklif va fikr-mulohazalarini bildirdi.

Ishonchimiz komilki, mazkur sport majmuasi tez orada ko'zni quvnatadigan, maftunkor darajaga keltiriladi va yoshlarning yana sevimli maskaniga aylanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing