13 okt 20:14
Yangiliklar
Og'ir atletika
XOQ ijroqo'mi og'ir atletikani Olimpiada-2028 dasturiga kiritish bo'yicha tavsiya berdi
Og'ir atletika 2028 yili Los-Anjelesda o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlari dasturidan o'rin oladi.
Ushbu qaror Xalqaro olimpiya qo'mitasining ijroqo'mi tomonidan qabul qilindi.
2021 yilda XOQ og'ir atletikani 2028 yilgi Olimpiada dasturiga kiritmagandi.
"XOQ ijroqo'mi Xalqaro og'ir atletika federaciyasining antidoping qoidalari borasidagi qaroridan so'ng og'ir atletikani Los-Anjelesdagi Olimpiada dasturiga kiritishni tavsiya qiladi.
XOQ Parij Olimpiadasi saralashidagi antidoping dasturi samarasini, shuningdek IWFdagi o'zgarishlar amalga oshirilishini diqqat bilan kuzatib boradi", - deyiladi XOQ bayonotida.
Havola :
Manba : ХОҚ
Fikrlar