06 dek 08:07
Yangiliklar
Qilichbozlik

XOQ prezidenti Tomas Bax Alisher Usmonov haqida gapirdi
XOQ rahbari Tomas Bax Lozannadagi Ijroiya qo'mita yakunlari bo'yicha matbuot anjumanida Xalqaro qilichbozlik federaciyasi rahbarligidan ketgan asli o'zbekistonlik Alisher Usmonov haqida fikr bildirdi.
"Qilichbozlik federaciyasiga kelsak, u erda demokratik saylovlar o'tkazilgan edi. Bizga malum bo'lishicha, Usmonov o'tgan safar bo'lgani singari xalqaro federaciyani himoya qilish choralarini ko'rgan", dedi Bax.
30 noyabr kuni Alisher Usmonov Toshkentda FIE prezidenti etib saylangan, 4 dekabr kuni esa u FIE rahbari sifatida o'z faoliyatini ixtiyoriy ravishda to'xtatgandi.
2008-2022 yillar davomida Xalqaro qilichbozlik federaciyasiga rahbarlik qilgan tadbirkor 2022 yilda ham aynan ehtimoliy sankciyalar tufayli tashkilotni tark etgan edi.
Havola :
Manba : lenta.ru
Fikrlar