So’nggi yangiliklar

13:46XX Осиё ўйинларида иштирок этадиган дзюдочиларимиз таркиби тасдиқланди 0 13:15Расман! Наманганда ўтказиладиган Octagon 92 турнирининг марказий жанги эълон қилинди (ВИДЕО) 0 12:44Одилхон Бухорода бўлиб ўтган ATFС 33 турнирида жанг қилди (ВИДЕО) 0 12:13Мануэль Нойер Германия футболчилари орасида рекорд ўрнатди 0 11:42Теренс Кроуфорд рингга қайтяптими? 0 11:11US Open 2026. Аёллар ўртасидаги турнирда финалчилар аниқланди 0 10:40Ислам Махачев: "UFC`дан қўнғироқ кутяпман" 0 10:09ЕЧЛ. "Шахтёр" ПСВ билан, "Фенербахче" эса "Рома" билан дуранг ўйнади + ВИДЕО 0 09:38Super Rizin 5 натижалари: Шайдуллаев Rizin ва PFL чемпионлик камарларини бирлаштирди 0 09:07Синдаров Непомняшийни мағлуб этди, Бибисарада ҳам ғалаба. Жамоа пешқадам! Бугун Жавоҳир - Магнус тўқнашуви бор! 0 08:36Бугун Hungary Grand Slam 2026 турнири бошланади. Биринчи кун уч дзюдочимиз татамига чиқади 0 08:05ЕЧЛ. "Манчестер Юнайтед" "Сабаҳ"ни тор-мор этди, Раҳмоналиев "Олд Траффорд"да ўйнади 0 07:34Юнон-рум курашчиларимиз Осиё ўйинларида оптимал таркибда қатнашишади 0 07:03UFC Қирғизистонда турнир ўтказишга қизиқяптими? 0 21:00Эркин курашчиларимизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби маълум! Рўйхатда Разамбек борми? 0

13 sen 07:04
Yangiliklar

Bolalar sporti

Xorazm viloyatida sportga etibor qay darajada?

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston futbol associaciyasi masul xodimlaridan iborat Ishchi guruh Qoraqalpog'iston Respublikasida olib borilgan o'rganishlarni yakunlab, Xorazm viloyatiga etib keldi.

Ishchi guruh azolari Xorazm viloyatining Yangiariq, Xonqa, Bog'ot, Hazorasp hamda Tuproqqala tumanlarida bo'lib, ushbu hududlarda jismoniy tarbiya va sportga berilayotgan etibor, mavjud sport muassasalarining holati hamda joylarda mahalla yoshlari o'rtasidagi «Futbolimiz kelajagi», «Mahallada futbol», «CHarm to'p», shuningdek korxona-tashkilotlarning ishchi-xodimlar o'rtasida tashkil etilayotgan «Hokim kubogi» hamda «Rahbar kubogi» ommaviy futbol musobaqalari qanday o'tkazilayotgani bilan yaqindan tanishdi.

Yangiariq tumanining umumiy aholisi soni 115 ming kishini tashkil etib, ularning salmoqli qismini sport bilan faol shug'ullanishi mumkin bo'lgan yoshlar tashkil etadi.

Tuman bolalar-o'smirlar sport maktabida ayni paytda sportning 22ta turi bo'yicha to'garaklar faoliyati yo'lga qo'yilgan. Ularda 25 nafar trener-o'qituvchilar yoshlarga saboq berib kelmoqda. Boshlang'ich tayyorlov guruhlari 68tani, o'quv-mashg'ulot guruhlari esa 9tani tashkil etadi. Sport bilan muntazam shug'ullanuvchi yoshlar soni 1 046 nafar bo'lib, ularning 354 nafari qizlardir.

Tumanda «Futbolimiz kelajagi» hamda «Mahallada futbol» musobaqalari yuqori saviyada tashkil etildi. Biroq, tuman yoshlarining hududiy saralash bosqichida omadi chopmadi. Ayni paytda «CHarm to'p» musobaqasining tuman bosqichi yakunlanib, g'olib chiqqan jamoa hududiy saralash bosqichiga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda. SHuningdek, sentyabr oyining ikkinchi yarmida «Hokim kubogi» hamda «Rahbar kubogi» musobaqalarini ham o'tkazish ko'zda tutilgan.

Bog'ot tumani bolalar-o'smirlar sport maktabida tashkil etilgan ishlar ham ancha yaxshi, faqat stadion maysasi yaxshilanishi va maydonning o'lchami xalqaro standartlar darajasida kengaytirilishi kerak. SHunda bu erdan mahoratli yosh futbolchilar etishib chiqishi imkoniyati ortadi. Darvoqe, «Futbolimiz kelajagi» musobaqasida Bog'ot tumani «Yosh o'smir» mahallasi yoshlari viloyatda faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritganligini ham takidlashimiz kerak.

Hazorasp tumanidagi vaziyat ham qoniqarli darajada. Ammo Xonqa tumani BO'SM hamda Tuproqqala tumanidagi suv havzasining holati yaxshi emas. Xolbuki, bir vaqtlar Xonqa tumanining futbol jamoasi sobiq Ittifoq chempionati 2-ligasida qatnashgan, bu erda qanchadan-qancha mashhur futbol yulduzlari to'p tepgan. Jumladan, O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan XIV yozgi Osiyo o'yinlari g'olibligini qo'lga kiritgan Ulug'bek Ro'zimov ham aynan Xonqa tumanidan etishib chiqqan va 1982 yil «CHarm to'p» musobaqasida g'oliblikni qo'lga kiritgan edi.

Hozirgi holatni mahalliy mutasaddilar har ikki inshoot kapital tamirga tushgani bilan izohlashdi. Tamirlash ishlari 2021 yilga mo'ljallangan ekan. Unga ham ko'p vaqt qolmadi. 

Umid qilamizki, shundan keyin mazkur hududlardagi holat ijobiy tomonga o'zgaradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing