So’nggi yangiliklar

19:30Рамазон Темиров янгиланган UFC рейтингига муносабат билдирди (ФОТО) 0 18:42Энтони Жошуа нима сабабдан Усикнинг машғулот лагеридан кетганини тушунтирди 0 18:14"Барселона" ва "Реал" ярашув битимига эриша олмади 0 17:45Ислам Махачев қачондан кейинги жангига тайёргарликни бошлашини айтди 0 17:22Тошкентдаги проф бокс оқшоми учун яна бир жанг эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 16:54Таэквондо WТ терма жамоамиз World Taekwondo Final Гран-присида тўлиқ таркиб билан иштирок этади 0 16:17Гвардиола нима учун Италия терма жамоасини бошқаришдан бош тортгани ҳақида гапирди 0 15:41Гукеш Жавоҳир Синдаров билан илк партия ҳақида фикр билдирди 0 14:52Сенсацион мағлубиятидан кейин Гейбл Стивсоннинг UFC'даги навбатдаги жанги эълон қилинди 0 14:01Жавоҳир Синдаров Гукеш билан илк партиядан сўнг нималар деди? 0 13:15ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўз уйида Баҳрайн жамоасини меҳмон қилади 0 12:42Никита Белозерцев Анқарадаги Челленжерда нимчорак финалга йўл олди 0 11:31Царукян RAF лигасида Махачев ва Нурмагомедов билан курашмоқчи 0 10:24«Исламни ММАдан кетишга мажбур қиламан». Карлос Пратес Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида 0 09:36ЕЧЛ. "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқарди, "Ман Сити"да дуранг ва бошқа натижалар 0

14 dek 09:58
Yangiliklar

Tadbirlar

Xorazm viloyatidagi sport infratuzilmasi ham o'rganildi FOTOREPORTAJ

Teglar :  Otabek UmarovMOQ
Sport vazirligi hamda MOQ rahbariyati tomonidan olib borilayotgan o'rganish ishlari navbati Xorazm viloyatiga etib keldi.

Rasmiylarga bu jarayonda viloyat hokimining birinchi o'rinbosari Murodjon Achilov hamrohlik qildi. 

Xorazm safari Gurlan tumanidagi sport maktabini o'rganish bilan boshlandi. SHundan so'ng Yangibozor tumanidagi kurash mahorati maktabi, Urganchdagi «Yoshlik» sport majmuasi ham ko'zdan kechirildi. Bunda har bir hududda bo'lgani kabi mazkur muassasalarining faoliyati, o'quvchilarga yaratilgan sharoitlar batafsil ko'rib chiqildi. 

SHuningdek, asosiy terma jamoalarga ko'plab iqtidorli atletlarni etishtirib berayotgan Urganch Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi ham etibordan chetda qolmadi. O'rganish ishlari davomida markazning holati, qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi, tibbiyot bo'limi va mashg'ulotlar jadvali bilan batafsil tanishildi. 

Safar yakunida viloyat hokimligi, sport boshqarmasi mutasaddilari, federaciyalarning hududiy vakillari bilan yaqin va o'rta davr uchun rejalar, Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik jarayoni, unda ahamiyat qaratish lozim bo'lgan jihatlar borasida uchrashuv o'tkazildi. Suhbat davomida xorazmlik mutaxassislarning takliflari o'rganilib, amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing