So’nggi yangiliklar

18:16Канчельскис — ЖЧ-2026 ҳақида: "Шотландия, Англия ва Ўзбекистонга мухлислик қиламан" 0 17:41Дана Уайт Жон Жонсни тарихдаги энг яхши жангчи унвонидан маҳрум қилмоқчи 0 16:53Ислам Махачев фаолиятидаги энг севимли жангини айтди 0 16:08Makarska Open. Мария Тимофеева 1/2 финалда! 0 15:29Фабио Каннаваро Тимур Кападзе ва Сречко Катанец ҳақида гапирди 0 14:56Шахматчимиз Грандмастер даражасини қўлга киритди 0 14:08Octagon 87 турнири учун яна бир қизиқарли жанг эълон қилинди. Жаҳонгир Нажмиддинов қайтмоқда 0 13:33UFC собиқ юлдузи иштирокида ўтиши керак бўлган Қозоғистондаги ММА турнири пул туфайли бекор бўлди 0 13:00Эрон терма жамоаси футболчилари ЖЧ-2026 бошланишига бир ҳафта қолганда АҚШга кириш визасини олишди 0 11:53"Жанглар бизнесдан осонроқ эди, чунки..." - Хабиб Нурмагомедов бизнес лойиҳалари ҳақида гапирди 0 10:31Билол Муҳаммад ва бошқалар. UFC Fight Night 278 турнири иштирокчилари тарозига чиқишди (+барча жанглар рўйхати) 0 09:57Разамбек Жамалов RAF кураш лигаси билан шартнома имзолади 0 19:23Ўзбек клублари ЖЧ-2026 орқали қанча даромад топади? 0 18:49Болаларга қувонч улашган "Tashkent Open Judo Kids Cup IV" ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:18Махачев: "Баъзиларга "Оғайни, машғулот ўрнига бориб ишла" дегинг келади" 0

05 iyu 20:39
Yangiliklar

Kurash

Xorazmda polvonlar bellashmoqda

Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi Pedagogika kollejining sport majmuasida belbog'li, bel olish hamda uch kurash bo'yicha kattalar va o'smirlar o'rtasida O'zbekiston kubogiga start berildi.

Dastlab 2007-2008 yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar bel olishning chalish yo'nalishida g'oliblik uchun gilamga chiqishdi. 

O'zbekiston sportni rivojlantirish vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li, bel olish va uch kurash milliy associaciyasining yillik- taqvim rejasidan o'rin olgan mazkur kubok bahslarida Qoraqalpog'iston  Respublikasi, deyarli barcha viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan 500 nafardan ziyod iqtidorli yigit-qizlar g'oliblik uchun o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi.

Qizg'in va murosasiz kechgan bel olish kurashining chalish yo'nalishida Temurbek Xudoynazarov, Savrina Jo'raqulova, Komila Boltaboeva, Jahongir SHermetovlar o'z vazn toifalarida O'zbekiston kubogi g'olibiga  aylanishdi.

Musobaqaning ikkinchi kuni kattalar bel olish kurashining belbog'li yo'nalishida o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi. 72 kg vazn toifasida o'tgan kubok bahslarida Sirdaryo viloyati vakili Nodirbek To'laganovga teng keladigan raqib topilmadi. 

78 kg vazn toifasidagi polvonlar kurashida omad namanganlik Umidjon Xolmatovga nasib etdi. 90 kg vaznda Farg'ona viloyati vakili Oybek Karimov sof g'alabaga erishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing