30 mar 16:34
Yangiliklar

Xorxe Masvidal bitta jang uchun oktagonga qaytishga tayyor
"Menga Leon bilan jangni bering, keyin esa kim chempion bo'lsa, o'sha bilan to'qnashaman. Men Leonni har jabhaja mag'lub etaman – istalgan uslubda va yo'sinda. U men bilan besh raund davomida jang qila olmaydi, shunday ekan, teykdaunlar haqida tashvishlanishga hojat yo'q.
Agar Usmanni qo'shmasdan, umumiy raqiblarni taqqoslasak, men ularning ko'pchiligini muddatidan oldin taslim etganman. U esa qiyinchilik bilan, hakamlar qarori orqali g'alaba qozongan.
Mening zarbalarim ancha kuchliroq. Agar biz oktagonda uchrashsak, buni aniq ko'rsatib qo'yaman. U juda zaif ekanligini hammaga isbotlayman", – deb aytib o'tgan Masvidal Submission Radio nashriga.
Eslatib o'tamiz, Masvidal so'nggi rasmiy jangini 2023 yil aprelda o'tkazgan va unda Gilbert Bernsga hakamlar qarori bilan yutqazgan. Bu uning ketma-ket to'rtinchi mag'lubiyati bo'lgan.
Fikrlar