04 mar 18:42
Yangiliklar

Xorxe Masvidal UFC bilan yangi shartnoma imzoladi
Mashhur UFC jangchisi Xorxe Masvidal promoushen bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda Xorxe o'zining Twitterida malum qildi. Ikkala tomon o'rtasidagi kelishuv shartlari oshkor etilmagan.
"Bolalarim boshqa hech qachon och qolmasligi uchun Hunter Kempbell, Dana Uayt va mening jamoamga rahmat" — deb yozadi Masvidal.
Masvidalning agenti Malki Kava ham yangi shartnoma haqida gapirib, uning mijozi hozirda eng ko'p maosh oluvchi UFC jangchilari uchligidan joy olganini takidladi.
"Yangi shartnoma Xorxeni UFC'da eng ko'p maosh oladigan jangchilar uchligiga kiritadi. Bu uning uchun yaxshi kelishuv ", — deb yozadi Kava Twitterdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Masvidal navbatdagi jangni hamyurti Kolbi Kovingtonga qarshi o'tkazadi. Jang Toshkent vaqti bilan 6 mart kuni UFC 272 turnirida bo'lib o'tadi.
Fikrlar