08 may 10:12
Yangiliklar
Xotambek Boynazarov Striklend bilan jang oldidan Xamzat CHimaevga yordam berishi mumkin edi, ammo...
U okean ortida BAA vakili, o'rta vazn toifasida UFC chempioni Xamzat CHimaevning yig'inida qatnashishi kerak edi, biroq viza bilan bog'liq muammo sabab Xotambek AQSHga bora olmadi.
"Men Xamzat CHimaevning SHon Striklend bilan jangi uchun AQSHda tashkil etilgan mashg'ulotlar yig'iniga chaqirilgan edim, lekin viza chiqmagani uchun borolmadim. U erga Husan Majlimov ketdi. SHon Striklend bilan zo'r jang bo'ladi. Biz albatta Xamzat CHimaev yutishi uchun duo qilamiz. To'g'ri, SHonning kurashi ham yaxshi, lekin baribir Xamzat darajasida emas. CHimaev 93 kg vaznda (yarim og'ir vazn toifasi) ham bemalol chempion bo'la oladi. Yaqinda Irji Proxazkani yutgan Karlos Ulbergni ham u bemalol mag'lub eta oladi. Uning vazni o'zi 100 kg atrofida yuradi. Agar vaznini yana biroz ko'tarib, 105 kg qilib olsa va keyin 93 kgga tashlasa, kuchi bemalol etadi. Bo'yi ham baland, imkoniyatlari juda yuqori", deydi Boynazarov.
Malumot uchun, Xotambek Boynazarov Xamzat CHimaevning Dubay va CHechenistondagi yig'inlarida sparring hamroh sifatida qatnashib keladi.

Fikrlar