18 mar 08:02
Yangiliklar
Boks/MMA

"Xoy, murabbiy Genri, 9 aprel kuni qanday rejalaringiz bor?". Yan Sexudoga sekundantlikni taklif qildi
Engil vaznda UFC vaqtinchalik chempioni Pyotr Yan Genri Cexudoga Aljemeyn Sterlingga qarshi jangida sekundant bo'lishni taklif qildi.
"Xoy, murabbiy Genri, 9 aprel kuni qanday rejalaringiz bor?", - deb yozgan Yan o'z tvitter sahifasida.
Ayni paytda, Pyotr Yan va amerikalik jangchi Aljemeyn Sterling UFC 273 turniri doirasida bo'lib o'tishi kutilayotgan revansh jangiga tayyorgarlik ko'rishmoqda.
Eslatib o'tamiz, Yan aynan Sterling bilan jangda o'z chempionlik kamaridan ayrilgan. Jang UFC 259 turniri doirasida bo'lib o'tgan edi. O'shanda Yan raqibi egilgan holatdaligida uning bosh qismiga taqiqlangan tizza zarbasini yo'llagan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar