10 dek 18:18
Yangiliklar
Xushxabar. Doston Yoqubov jahon chempionatida 2 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo'lga kiritdi!
-67 kg vazn toifasida ishtirok etgan polvonimiz Doston Yoqubov kun qahramoni bo'ldi.
Dast ko'tarish mashqida Yoqubov 144 kg bilan kumush medalni qo'lga kiritdi. Siltab ko'tarish mashqida esa hamyurtimiz kolumbiyalik Francisko Moskera bilan oltin medal uchun kurash olib borib, yakunda ikki kurash bo'yicha g'alabani tantana qildi. Bu terma jamoamiz uchun o'z yurtimizda o'tayotgan jahon chempionatida ilk medallar bo'ldi. Ushbu vazn toifasida Adhamjon Ergashev siltab ko'tarish mashqida 174 kg bilan kichik bronza medalini qo'lga kiritdi.
Og'ir atletika bo'yicha JCH, -67 kg:
1. Doston Yoqubov (O'zbekiston) – 324 kg (144+180)
2. Francisko Moskera (Kolumbiya) – 316 kg (137+179)
3. Zulfat Garaev (Rossiya) – 315 kg (146+169)
Fikrlar