14 iyu 07:30
Yangiliklar
Og'ir atletika
Xushxabar! Og'ir atletikachilarimiz Tokio Olimpiadasiga to'liq tarkibda borishadi
Malumki, poytaxtimizda o'tgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatidan so'ng og'ir atletika bo'yicha Tokio-2020 reyting ochkolarini jamg'arish davri yakunlangan.
Xalqaro og'ir atletika federaciyasi (IWF) reyting orqali Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritgan sportchilar nomini elon qildi.
O'zbekiston terma jamoasi uchun Tokio-2020 Olimpiadasiga 2+2 ko'rinishida 4 ta yo'llanma berilgan edi. Quvonarlisi, jamoamiz berilgan imkoniyatdan maksimal darajada foydalana oldi. IWF reytingi orqali yigitlarimizdan Adhamjon Ergashev (-67 kg) va Akbar Jo'raev (-109 kg), qizlarimizdan Muattar Nabieva (-55 kg) va Kumushxon Fayzullaeva (-76 kg) Tokio-2020 yo'llanmalariga sazovor bo'lishdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar