31 dek 16:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Yahoo.com boks yo'nalishida yilning eng yaxshilarini elon qildi
Yahoo.com internet nashri bir nechta nominaciyalar bo'yicha 2017 yilning eng yaxshilarini elon qildi.
“Yilning eng yaxshi bokschisi” nominaciyasida amerikalik Terens Krouford eng ko'p ovoz bilan g'olib bo'ldi. Terens superengil vaznda mutloq jahon chempioni hisoblanadi.
“Yilning eng yaxshi jangi” nominaciyasi g'olibi sifatida aprel oyida bo'lib o'tgan superog'ir vazn toifasining WBA va IBF yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua hamda sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko o'rtasidagi jang topildi.
“Yil kashfiyoti” sifatida Teofimo Lopes etirof etildi. Derrik Jeyms yil murabbiyi bo'ldi. Eddi Xirn esa yilning “Eng yaxshi promouteri” deya etirof etildi. Entoni Joshuaning Klichkoga qarshi jangning 11-raundida yo'llagan apperkot zarbasi yilning eng yaxshi zarbasi bo'ldi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar