16 noy 09:09
Yangiliklar
Tennis
Yakuniy ATP turniri. Rublyov uchchala uchrashuvda ham yutqazdi
Dunyoning sakkizinchi raketkasi Andrey Rublyov Italiyaning Turin shahrida o'tkazilayotgan ATP Yakuniy turniridagi ishtirokini yakunladi.
Rossiyalik tennischi guruhning uchchala uchrashuvida ham mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. U reytingning ettinchi pog'onasida borayotgan norvegiyalik Kasper Ruudga 4/6, 7/5, 2/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
SHunga qaramay, Rublyov tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida oldinda bormoqda - 5:3. Bir soatu 45 daqiqa davom etgan bahsda Rublyov 10, Ruud 15 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Andrey Rublyov ATP Finals guruh bosqichida 3 ta mag'lubiyat bilan so'nggi o'rinni egalladi. Ruud esa ikki g'alabasi evaziga 1/2 finalga yo'l oldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar