16 dek 17:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Yakvinta UFCdan bonus oldi
Bugun tongda Miluokida UFC Fox 31 turniri bo'lib o'tdi.
Kechaning asosiy jangida El Yakvinta va Kevin Li o'zaro to'qnash keldi.
Promoushen rahbariyati musobaqa yakunlariga ko'ra, sportchilarga gonorardan tashqari, bonus pullarini taqdim etdi. Kechaning eng yaxshi jangi Xoakim Silva va Jared Gordon o'rtasidagi to'qnashuv bo'ldi. Har ikki sportchi ham 50 ming AQSH dollariga ega bo'ldi. Bahsda Silva raqibini uchinchi raundda nokautga uchratdi.
SHuningdek, El Yakvinta ham shuncha miqdordagi pulga ega chiqdi. U jangda Kevin Lini ochkolar hisobiga mag'lub etdi.
Havola :
Manba : UFC
Fikrlar