So’nggi yangiliklar

08:15Расман! Пеп Гвардиола "Манчестер Сити" билан шартномасини узайтирди + ФОТО 0 07:54Prezident Kubogi. Икки Нодирбек ғалаба билан бошлади. Қолган шахматчиларимизда қандай натижа? + ФОТО 0 07:33Қайта тайинланган вазир иштирокидаги йиғилишда устувор вазифалар белгилаб олинди 0 07:12Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг илк куни 4 та вазнда ғолиблар аниқланди ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 19:10Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ-2 доирасидаги баҳсни бошқаради 0 18:47Доғистон - Ирландия! Хабиб ва Конор PFL'да ўзаро тўқнаш келишадими? 0 18:24Усик Фьюри билан жанг ҳақида: "Бир ой қолди" 0 18:01Йўғе?! Жейк Пол акаси Логан билан жанг қилишга тайёрлигини айтди 0 17:39"Кимгадир ёқар лола, ким атиргул шайдоси". Дунё юлдузлари қайси жамоаларга мухлислик қилади? 0 17:17UFC 309 турнирида жанг қилган юлдузлар қанча муддатга тиббий дисквалификация олгани маълум 0 16:54Пол Тайсон билан жангда 90 миллион ишлаб олгани ҳақидаги миш-мишларга жавоб берди 0 16:25Катталар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионатининг илк кунги саралаш баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:04Сан-Марино терма жамоаси ЖЧ-2026га йўл олиши мумкин. Қандай қилиб?! 0 15:43IBF'нинг янгиланган рейтингида бир нафар боксчимиз қолди 0 15:22"Мераб Умар билан жангдан қочмоқда" - Петр Ян 0

10 mar 16:42
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Yan Blaxovich - UFC tarixida Israel Adesanyani birinchi bo'lib mag'lub etgan. Ruhoniy bo'lishni orzu qilgan, notanish kimsaning o'limiga sabab bo'lgan sirtmoq- uning omad tumori

Teglar :  Yan Blaxovich
Yan Blaxovich hech qachon qobiliyatli deb hisoblanilmagan.

UFC'dan chetlatilganda rafiqasi uni saqlab qoldi

Yan Blaxovich hech qachon qobiliyatli deb hisoblanilmagan. Polshalik sportchi har doim ikkinchi raqamli bo'lgan: 2017-yilda UFC'dan umuman chetlatilishi mumkin edi, biroq 2020-yilda yarimog'ir vazn toifasida chempion bo'ldi. UFC 259 da birinchi bor o'rta vazn toifasi qiroli - Israel Adesyanyani mag'lub etib, tarixda qoldi. 

Blaxovichning  o'tmishi juda g'ayrioddiy

MMAdagi faoliyatiga qadar ruhoniy bo'lib ishlagan. Bir safar Yan 20 ta odamga qarshi jang qilib, mag'lub bo'lgan. Blaxovich yoshligida Tailand boksi bilan jiddiy shug'ullangan, kikboksingda ham faoliyat olib borgan va havaskor sifatida bir qancha mukofotlarga sazovor bo'lgan. 24 yoshida MMAda faoliyatini boshlaydi, ungacha ruhoniy yoki kaskadyor bo'lishni orzu qilgan. U injener-quruvchilik bo'yicha tahsil olgan, lekin tungi klubda soqchi bo'lib ishlagan. 

Ish paytida 20 nafar yigit janjal ko'targan va u ularga qarshi jang qilgan. Hozir Blaxovich buni kulib esga oladi: ”Balki bu kulgili holat bo'lmagandir, biroq klubda ikkita soqchi bilan 20 ta yigitga qarshi jang qilganmiz. Albatta, biz engilganmiz, chunki ular ko'pchilik edi. Ular bizni ham, klub binosini ham barbod qilishgan. Lekin bu kelajak uchun yaxshi tajriba bo'lgan”. 

2007 yilda MMAdagi debyutida ochkolar bo'yicha mag'lubiyatga uchragan. Bu Blaxovichning keyingi jangida Polshaning asosiy tashkiloti KCW'ga o'tishga to'sqinlik qila olmadi, u erda qator g'alabalarga erishishni boshladi, bu esa yarimog'ir vazn toifasidagi kamarni qo'lga kiritish bilan yakunlandi. Keyingi navbat - UFC.

Blaxovich o'zi bilan tumor olib yuradi. Bu g'alaba qozonishga yordam berishiga ishonadi

Yanning yana bir g'alati o'tmishi, Polsha o'rmonlarida o'likka duch kelganidir. Marhum  xotirasi uchun har doim jangga kelgan paytlarida sumkasida o'zi bilan ko'k-qizil ipli tumorni olib yuradi. 

“Itim bilan o'rmonga sayr qilgani chiqqanimda, o'sha o'lgan yigitni ko'rganman. “Ha, u narigi tarafda turibdi, uning nima qilayotgani menga ahamiyatsiz”, deb o'yladim. Itimni unga qarata yuborganimda, u hech qanday harakat qilmadi. Bu g'alatidek tuyuldi. Unga yaqin borganimda, daraxtga bo'ynidan ip bilan bog'lab o'lganini ko'rdim. Yuziga qarab uning allaqachon o'lganini bildim. Lekin baribir undan “Hoy, yaxshimisan?”, deb so'radim. Hozir bu qanchalik ahmoqona bo'lganini bilaman. Policiya va shifokorlar kelib, uning allaqachon o'lganini aytishdi”.

Bir oficer Yandan yigit o'zini o'ldirgan arqonni omad keltirishi uchun olish istagi bilan qiziqqan. Blaxovich bunday udum borligi haqida bilmagan:

“Men Evropa va AQSHda qadimda odamlar orasida shunday udum bo'lganini hamda shu narsa omad keltirishiga ishonishganini internetdan qidirib topdim. Ishonmasangiz o'zingiz ko'rishingiz mumkin”.

Blaxovich jang oldidan arqonga qo'l tekkizish uchun o'rmonga kelganini takidlaydi. Ketma-ket g'alaba qozonishni boshlaganidan so'ng, tumorini o'g'irlab ketishlaridan qo'rqib, uni kesib olgan va o'zi bilan olib yurishni boshlaydi. O'shandan beri polshalik sportchi 90 foiz janglarda g'alaba qozongan va UFC chempioni bo'lgan.

Yan chempion bo'lish uchun mashaqqatli yo'lni bosib o'tdi. U UFC'dan chetlashtirilishi ham mumkin edi, biroq rafiqasining urinishlari uni saqlab qoldi

2017 yil UFC 210 kechasida Blaxovich hakam qarori bilan Patrik Kamminsuga engilganidan keyin, tashkilot uni bo'shatishni o'ylay boshlagan. U UFC'da besh jangdan to'rttasida engilgan va tashkilot ko'rsatkichi tushib ketgan edi. Biroq uning rafiqasi (uning menejeri) jangchining karerasini saqlab qoldi. Dorota Jurkovskaya Varshavada bo'lgan va jangdan so'ng UFC matchmakeri Mik Maynard bilan gaplashib kelishuvga erishgan:

“Bo'ldi, uni chetlatishadi deb o'yladim. Haqiqatan, men uning bo'shatilganligi to'g'risidagi xatni kuta boshladim. SHu sababli men birinchi bo'lib Meynardga yozdim va u bilan bog'landim. Biz juda ko'p bahslashdik - bu og'ir tun bo'lgan edi.

Men ulardan Yan uchun yana imkoniyat berishlarini so'radim. Yan Polshada mashhur yulduz ekanligini aytdim, ular biz uchun turnir o'tkazishga rozi bo'lishdi”. 

Gdanskda UFC Fight Night 118 da qatnashishga muyassar bo'ldi. UFC rahbariyati Blaxovichga imkoniyat berdi va 2017 yilning oktyabrda amerikalik Devin Klarkni (8-1) hisobda mag'lub qildi. Jangdan so'ng polshalik: 

“Bugun mening bayramim. Yakshanba kuni dam olaman, hamda dushanbadan yana sportzalda bo'laman”, - deb aytgan.

O'sha tunda Yan kareracini asrab qoldi: shundan beri 9 ta jangni o'z foydasiga hal qildi, bor yo'g'i bitta bahsda engilgan bo'lsa-da, g'alaba cho'qqisiga qaytdi. U mashhur jangchilardan: Jared Kannoner, Lyuk Rokhold, Kori Anderson, hamda Dominik Reyesni mag'lub etib, chempionlikka erishdi. 

SHundan so'ng Blaxovich yurtining qahramoniga aylandi. Hattoki Polshaning bosh vaziri bilan ham uchrashdi. Jangdan uch oy o'tib farzandining tug'ilishi Yan uchun asosiy mukofot bo'ldi. Otalik unga ijobiy tasir qilganini tan oldi.

Israel bilan bo'ladigan jangdan oldin Yan “Farzandimning hayoti menikiga qaraganda yaxshiroq boshlanishini xohlayman. Menda hammasi yomon bo'lgan deya olmayman, shunchaki uni baxtli qilishni istayman. Bu meni oldingiga qaraganda bir necha marotaba ko'proq shug'ullanishga undayapti. Janglarga keladigan bo'lsak, Polshada shunday gap bor: ota bo'lganingda zarbang ikki marta kuchli bo'ladi. Adesyanya bu kuchni his qilishiga ishonchim komil.

Men uni mag'lub qilishga harakat qilaman. Bor kuchimni va imkoniyatimni ishga solib uni engaman. Adesanya haqiqatdan ham yaxshi jangchi, shuning uchun uni yaxshiroq kuzatishim kerak. CHunki u ham meni engishi mumkin”, - deb aytdi.

Jangda Blaxovich Israel Adesanyaga qaraganda og'irroq edi. Ular uch raund davomida tengma-teng kurash olib borishdi, biroq oxirgi ikki raundda esa polshalik haqiqiy quroli - kurashni qo'lladi. Bungacha hech kim Israel bilan bunday jang qilmagan edi, shuning uchun parter Adesanyaning zaif tomoni deb hisoblangan va Yan taxminlarini tasdiqladi. Hakamlar jangning barcha raundida Blaxovichning g'alabasini takidlashgan bo'lsa-da, biroq u so'nggi ikki raundda natijani tubdan o'zgartirib yubordi.

Jangdan so'ng Yan 41 yoshli Glover Teyshera bilan to'qnash kelish istagi borligini aytdi. Blaxovich kuchsiz raqib qidirmaydi - bu hurmat masalasi. Teyshera faoliyatini tugatish arafasida va buni MMA ham takidlagan.

Blaxovich ”O'ylashimcha, Glover bunga munosib, mening keyingi raqibim u bo'lishini istayman. Yaxshi holatga kelganida u bilan jang qilishni xohlayman, Glover yosh emas, shuning uchun bizda vaqt yo'q. Hozir dam olishim va oilam bilan vaqt o'tkazishim kerakligi sababli, Teyshera biroz kutishiga to'g'ri keladi. Agar u kutishga tayyor bo'lsa, navbatdagi raqibim Glover bo'ladi”, - deb aytdi.

Sports.ru sayti asosida Ozoda Qayumova tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing