07 apr 15:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Yan Sexudo haqida: "U mening burchagimda chelak va sochiq ushlab turadi"
Rossiyalik UFC jangchisi Petr Yan Aljameyn Sterlingga qarshi revanshdan so'ng kim bilan jang qilishini aytdi.
Rossiyalik va amerikalik o'rtasidagi ikkinchi jang 10 aprel kuni UFC 273 turnirida bo'lib o'tadi.
"Doim Dillashou haqida o'ylardim. U bilan jang qilmoqchiman. Sexudo? Agar real gapiradigan bo'lsam, Dillashou yaxshi kurashchi. Sexudo esa ro'yxatda ham yo'q. U anchadan beri jang qilmadi. SHuning uchun, u shanba kuni burchakimda, chelak yoki sochiq ushlab turishi mumkin", - dedi Yan.
Eslatib o'tamiz, birinchi jangda Petr Yan Sterlingga taqiqlangan zarbasidan keyin diskvalifikaciya sababli yutqazgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar