26 iyu 11:44
Yangiliklar
Boks/MMA
Yana bir bokschi jangdan so'ng vafot etdi
Argentinalik bokschi Ugo Alfredo Santiyan kecha tunda Buenos-Ayresdagi kasalxonalarning birida vafot etdi.
Engil vazn toifasida o'z janglarini o'tkazib kelgan 23 yoshli Santiyan o'tgan haftaning shanbadan yakshanbaga o'tar kechasi kasalxonaga yotqizilgandi. Ugo urugvaylik Eduardo Abreuga qarshi jangda zarbalar natijasida jarohat olgan edi.
Jang durang natija bilan yakunlangan va hisob elon qilinganidan so'ng argentinalik bokschi ringga xushsiz yiqilgandi. Santiyanni zudlik bilan eng yaqin kasalxonaga olib boriladi va operaciya qilinadi. Lekin o'tkazib yuborilgan zarbalar natijasida miyasi qattiq lat egan bokschining holati yomonlashdi va kecha tunda bu yorug' dunyoni tark etdi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar